«Осень 2024»

Maktab talimi tayyorgarligiga tasir etuvchi asosiy omillar

There are given a lot of information about literature and mother tongue. Ways of teaching them

Олимпиады: Русская литература 5 - 11 классы

Содержимое разработки

MAKTAB TA’LIMI TAYYORGARLIGIGA TA’SIR ETUVCHI ASOSIY OMILLAR

Annotatsiya: Bolani qachon va qancha tayyorlash kerakligi haqida kattalar orasida turli fikrlar mavjud. Ko'pchilik ota-ona va tarbiyachilar 3 yoshdan boshlab, 1-sinfga bir yil qolgungacha tayyorlashni ku-chaytirish kerak deb hisoblashadi. Ammo boshqalar faqat mak-tabdan oldingi bir yil davomida tayyorgarlik qilish kerak deb ay-tishadi. Ba'zi ota-onalar bola bog'chaga borishi bilan maktabga tayyorgarlik boshlanadi, deb o'ylashadi.

Kalit so’zlar: Maktab,mehnat, sport, ashula, Ota-onalar va hokazo.

Maktab hayotiga bolani kim tayyorlashi kerak? Bog'cha tar­biyachilari bolani maktabga tayyorlash butun bog'cha davrida amalga oshishi kerakligini tushunishadi va dastur talablariga bi-noan uni amalga oshirishadi. Lekin aynan maktabga borishdan avval ular tayyorgarlikka alohida diqqat-e'tiborini qaratishadi: talaffuzdagi kamchiliklarni bartaraf etishadi, bilimlarni bir sistemaga solishadi, qo'llarning mayda harakatini rivojlantirishadi va hokazo.

Lekin, oila bola tug'ilishidan keyin yashaydigan birinchi ijtimoiy muhit. Oilada bola o'zining birinchi ijtimoiy tajriba va malakalarini orttiradi, ota-ona va kattalar namunalari orqali tarbiyalanadi, oilaviy rishtalarni tushunib yetadi va qadrlaydi. Shu­ning uchun bolani maktabga tayyorlashda oila hal qiluvchi, mu-him ahamiyatga ega. Ota-onalarning ko'pchiligi bolani mak­tabga tayyorlashda bog'cha bilan oilaning hamkorligi zarur deb hisoblashadi. Ba'zi ota-onalar esa bolani maktabga tayyorlashda javobgarlikni bog'chaga yuklashadi, ba'zilari esa butun javob-garlikni o'z bo'yniga olishadi.

Y.A. Kamenskiy o'zining «Onalar maktabi» kitobining mak­tabga tayyorlash bobida yozishicha, barcha insonlar bajaradigan ishlar, ma'lum bir tayyorgarlikni talab qiladi. Ota-onalar shuni o'ylab, o'z bolalarini maktabga tayyorlashadi. Maktabga har tomonlama tayyorgarlikdan tashqari, Kamenskiy ota-onalar uchun quyidagi vazifalarni ko'rsatadi:

  1. Bolalarda maktabga borganda, o'z tengdoshlari bilan o'qi-
    gan va o'ynaganda xursandchilik hissini tug'dirish.

  2. Bolalarga maktabdagi ta'limning mohiyatini tushuntirish,
    ularni maktabdagi faoliyat turlari bilan tanishtirish.

  3. Bolalarda bo'lajak o'qituvchilarga nisbatan hurmat va ishonchni
    shakllantirish.

Hozirda ota-onalar bolalarni maktabga qanday tayyor-lashmoqda. Ota-onalarning ko'pchiligi maktabda yaxshi o'qish-ning shartlaridan biri shaxsning umumiy rivojlanishi deb hisob­lashadi. Ammo, bolaning aqliy rivojlanishi eng asosiysi deb bilishadi, shuning uchun mashg'ulotlarda bilim, nutq, tafakkur va xotirani rviojlantirishga harakat qiladilar. Keyingi o'ringa bo­laning o'qish va yozish malakalarini rivojlantirishni qo'yishadi, yodlatishadi, suhbatlashishadi, birgalikda mantiqiy o'yinlar o'ynashadi. Gohida mehnat, sport, ashula yoki raqs bilan shug'ullantirishadi.

Xulosa qilib aytganda, bolani maktabga tayyorlashda maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachilari bilan ota-onalarning hamkorlikda ish yuritishi ijobiy natija beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Pedagogika.R.Mavlonova, O.To’rayeva, K. Xoliqberdiyev. Toshkent, O’qituvchi nashriyoti,2006y

  2. «Maktabgacha tarbiya pedagogikasi » Toshkent, Ilm-ziyo, 2006y

  3. www.ziyonet.uz





Получите свидетельство о публикации сразу после загрузки работы



Получите бесплатно свидетельство о публикации сразу после добавления разработки


Серия олимпиад «Осень 2024»



Комплекты учителю



Качественные видеоуроки, тесты и практикумы для вашей удобной работы

Подробнее

Вебинары для учителей



Бесплатное участие и возможность получить свидетельство об участии в вебинаре.


Подробнее