GULLI O’SIMLIKLARNING TURLARI VA HAYOTIY SHAKLLARI .
Tohirova Sadoqat Nuriddinovna
Navoiy shahar 3-umumiy o’rta ta’lim maktabi biologiya fani o’qituvchisi
Go`zal tabiatni rang-barang o`simliklar olamisiz tasavvur qilib bo`lmaydi.
Yer yuzida o`simliklar turi juda keng tarqalgan. Bu o`simliklarni jazirama cho`llardan tortib, to baland tog`lar cho`qqisigacha bo`lgan turli tuproq va iqlim
sharoitida uchratish mumkin. O`zbekistonda tabiiy holda o`sadigan yuksak
o`simliklarning 4500, O`rta Osiyoda 8000, Yer yuzida esa 500 000dan ortiq turi
borligi aniqlangan. Tabiatda o`simliklar uchramaydigan joy nihoyatda kam.
O`zbekistonda yoz oylarida suvsiz, qumli vas ho`rxok cho`llarda, hamisha
qorliklar va muzliklar bilan qoplanib yotadigan, baland tog`larda o`sadigan,
g`orlar ichkarisida osilib o`sadigan ajoyib o`simliklar turlari mavjud. Tabiatda
gengiz, daryo, ko`l va kanallarda, shuningdek, botqoqliklarda o`sadigan
o`simliklar ham kam emas. Ular uzoq yillar mobaynida turli sharoitda o`sishga
moslashgan. O`simliklarning tashqi muhit tashqi muhit sharoitiga har xil shaklda
moslashishiga hayotiy shakl deyiladi.Gulli o`simliklar hayotiy shakllariga ko`ra
1.Daraxt.2.Buta.3.Yarimbuta.4.Bir yillik.5.Ikki yillik.6.Ko`p yillik o`tlarga
bo`linadi.
Daraxtlar – tanasi yog`ochlangan, bitta yo`g`on tanali, baqquvat idizli va
keng shox-shabbali, baland bo`yli ko`p yillik o`simlikdir. Bular guli, mevasi,
to`pguli, poyasining eni, bo`yi, shox-shabbasi va barglari bilan bir-biridan farq
qiladi. Masalan, olma, o`rik, yong`oq va shaftolining shox-shabbasi yoyiq,
qarag`ay va terakniki g`uj va tik sada qayrag`ochniki sharsimon bo`ladi.
Daraxtlar oz yoki ko`p yil yashashga ko`ra turli xil bo`ladi. Masalan,
afrikada o`sadigan baobab daraxti 4000-5000 yil, archa, sarv 1000 yil, soxta
kashtan 2000 yil, chinor 800 yil, o`rik va yong`oq 70-100 yil yashashi mumkin.
Tabiiy holda tarqalgan daraxtlar sharoitga qarab bir-biridan keskin farq
qiladi. Masalan bir turga mansub bo`lgan va tog`larning shimoliy
yonbag`rlarida o`sadigan daraxtlar, janubiy yonbag`rlarida o`sadigan
daraxtlardan shox-shabbalarining nko`pligi, kengligi va balandligi bilan farq
qiladi. Tog`larning o`rta qismidagi archa bo`ydor bo`lib o`ssa, eng balanddagisi
esa yerdan 0,5-1 metr ko`tariladi, xolos. Bu hol o`simliklarni doimiy esib
turadigan shamoldanva qishning qattiq sovuqlaridan saqlaydi.